Mashal ertaga Tojikiston chempioni bilan nazorat bahsini o'tkazadi

Xayrulla Xoliqov
26 iyul 2017, 16:44
Oliy liganing ikkinchi davrasiga jiddiy tayyorgarlik ko'rayotgan Mashal G'uzorning Sho'rtan yoshlari jamoasi bilan bellashib yirik 3:0 hisobida g'alaba qozondi.

Gazchilar ertaga Toshkentda Tojikiston chempioni Istiqlol klubiga qarshi maydonga tushishadi. “Istiqlol” bilan bo'ladigan bahs TTYMI stadionida soat 19:00da boshlanadi. 

Shundan so'ng ikki kun o'tib, yani 29 iyul sanasida Andijonga qarshi uchinchi bahs o'tkaziladi. 

"Mashal" matbuot xizmati. 


O'xshash yangiliklar


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: championat.asia