Mashal: Bolalar va o'smirlar futbol maktabi bitiruvchilarga sertifikatlarni topshirdi

Narzulla Saydullayev
16 noya 2016, 22:21
“Mashal” Professional Futbol Klubining anjumanlar zalida “Bolalar va O'smirlar Futbol Maktabi”ning 2000 yilda tavallud topgan tarbiyalanuvchilariga maxsus sertifikat va diplomlar topshirildi.

Marosimda klub bosh direktori,Qurbonov Ilhom Abdug'anievich, hamda BO'FM direktori Yumangulov Abduraxmon Rafailovich, BO'FM katta murabbiyi Andaev Dilshod Boymurodovichlarva bitiruvchilar murabbiyi Andaev Sherzod  hamda BO'FM murabbiyilari ishtirok etishdi.



 Marosimda so'zga chiqqan klub bosh direktori Ilxom Abdug'anievich bitiruvchilarni tabriklab keyingi faoliyatlariga ulkan omad va muvoffaqiyat tiladi.

 Shundan so'ng tabriklash uchun so'zga chiqqan BO'FM direktori Abduraxmon Rafailovich bitiruvchilarga keyingi faoliyatlriga omad tilab, yurtimiz futboliga o'zlarining beqiyos hissalarini qo'shishlarini ta'kidlab o'tdi.



 Shuningdek kechada bitiruvchilarni BO'FM murabbiylari D. Andaev,Z. To'raqulov, SH. Andaev, J. Egamberdiev, O. Avezov, U. Bobonazarov, SH. Zoirovlar ham tabriklab o'tdilar.

  Shundan so'ng bitiruvchilarga tantanali ravishda maxsus sertifikatlar topshirildi.



Bugungi kunda yurtimizda, Futbolga berilayotgan e'tibor tahsinga loyiqdir “Mashal” Professional Futbol Klubining tarbiyalagan yoshlar nafaqat yurtimizda balki Osiyoning bir qator chempionatlarida ham to'p surib kelmoqdalar. Hozirda nafaqat Oliy Ligamizda balki quyi ligalarimiz jamoalari tarkibida ham klubimiz tarbiyalanuvchilari faoliyat yuritmoqda. “Mashal” o'zbek futbolidagi yorqin alanga. Biz ham tarbiyalanuvchilarimizga omad yor bo'lsin deb qolamiz.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcmashal.uz