Martines: "Makgidi - maydondagi sehrgar, uning qaytganidan xursandman"

Aslanov Jasurbek
20 may 2015, 14:47
"Everton" bosh murabbiyi Roberto Martines jamoa yarim himoyachisi Eyden Makgidi safga qaytganidan mamnun ekanligini ta'kidladi.

Makgidi jarohat tufayli 31 yanvardan 9 maygacha maydonga tushmadi.

"Makgidining o'yinida sehrli elementlar bor, u birga-bir aldashni uddalaydi, bu qanot futbolchisi uchun juda muhim. Men uchun raqib himoyasini yorib o'ta oladigan futbolchidan yaxshirog'i yo'q. Makgidi shanba maydonga chiqqanda juda xavfli o'ynadi. U tayyordek ko'rindi.

Makgidiga bu mavsum juda qiyin bo'ldi, chunki u jarohatlar bilan kurashdi. Uni jangga tayyor sifatida ko'rish - haqiqiy rohat. Biz unga o'z holatiga qaytishi uchun yordam berishimiz kerak" - deydi Martines.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com