Martines: "Deulofeu meni quvontirdi"

Narzulla Saydullayev
1 dek 2013, 12:38
"Everton" bosh murabbiyi Roberto Martines "Barselona"dan ijaraga olingan yosh hujumchi Jerar Deulofeuning "Fulxem"ga qarshi o'yinini maqtadi.
Deulofeu kecha klub safida birinchi bor boshlang'ich tarkibda maydonga tushdi va gol urishga erishdi.

"Deulofeu jamoaga yordam berishga tayyorligini ko'rsatdi. U tezda APLning tezligiga moslashib ketganidan hayratdaman. Bu yerdagi vaziyat u oldin o'ynagan klubdan butkul farq qiladi, biroq men baribir Jerarning o'yinidan xursandman".

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: soccer.ru