Martin Edegor kasbini o'zgartirmoqchi-mi?

Omonjon To`xtamirzayev
5 fev 2024
"Arsenal" sardori Martin Edegor APL 23-turi doirasidagi "Liverpul" bilan bahsdan keyin (3:1) qiziq holatga tushib qoldi.

Uchrashuv londonliklar uchun ishonchli g'alaba bilan yakunlangach, "kanonirlar" yetakchisi Martin Edegor klub fotografini "Arsenal" muxlislari fonida suratga olib qo'ydi.

Izohlarda bu holat jamoatchilik tomonidan iliq qabul qilindi va ulardan aksariyati xazil tariqasida Martin yaqin kelajakda faoliyatini yakunlab, kasbini o'zgartirishini aytgan bo'lsa, bazilar professional futbolchilik faoliyatini yakunlagachgina suratkash sifatida ishlashini aytgan.  


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: championat.asia