Marsyal MYUni "Barselona"ga almashtirishi mumkin

Sherzod Nurmatov
28 noya 2021, 22:15
Kataloniyaliklar mankunianlar hujumchisiga qiziqishmoqda.

Ma'lumotlarga ko'ra, 25 yoshli Antoni Marsyal tez orada "ko'k-anorranglilar" safiga kelib qo'shilishi mumkin. Agar "Manchester Siti" hujumchisi Ferran Torresni sotib olish varianti o'xshamasa, Marsyal kataloniyaliklar short-listida paydo bo'ladi. 

Marsyal 2015 yilda 60 mln evroga "Monako"dan "Manchester Yunayted"ga o'tganidan buyon klub shanini himoya qilib kelmoqda. Uning jamoa bilan tuzgan shartnomasi 2024 yilning 30 iyunigacha amal qiladi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Mundo Deportivo