Marseloning o'g'li “Real” bilan ilk shartnomasini imzoladi. U yoshlar chempionatida 7 bahsda 15+3 natija qayd etmoqda

Eldor Akmurzayev
4 dek 2022, 09:30
Braziliyalik himoyachi Marseloning o'g'li Enco Alves “Real” bilan ilk shartnomasini tuzdi.

13 yoshli Enco hujumchi ampluasida o'ynaydi va madridliklarning 14 yoshgacha futbolchilaridan tashkil topgan jamoasida harakat qiladi. U joriy mavsum ligada 7 bahsda qatnashib, 15+3 natija ko'rsatmoqda. Bundan tashqari, u musobaqa to'purari ham bo'lib turibdi, eng yaqin taqibchisi bilan oradagi farq esa 7 golni tashkil etmoqda.

Marselo – “Real” afsonasi hisoblanadi. U “qaymoqranglilar” safida eng ko'p titul yutgan – 25 ta.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: realmadrid.com