Marselo: "Tez orada qaytaman"

Mirjalol Normatov
28 iyun 2018, 11:33
Braziliya termasi himoyachisi Marselo Serbiyaga qarshi o'yinda olgan jarohati borasida fikr bildirdi.

Marselo jarohati sababli 10-daqiqadayoq almashtirilgandi.

"Sms-xabarlar uchun barchaga rahmat. Xudoga shukur, bu jiddiy jarohat bo'lib chiqmadi. Tez orada qaytaman. G'alabadan baxtliman", - deb yozadi Marselo.

Braziliya futbol konfederatsiyasi ma'lumotiga ko'ra, uning bel mushaklari lat egan. U katta extimol bilan 2 iyul kuni Meksikaga qarshi bo'ladigan 1/8 final o'yinida qatnashadi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: sports.ru