Marselo: "Neymar "Real"da o'ynaydi demaganman"

Aslanov Jasurbek
14 fev 2018, 12:22
"Real" himoyachisi Marseloning so'zlariga ko'ra, OAVda uning Neymar haqidagi gaplarini noto'g'ri tushunishgan.

Xabarlarda Marselo bir kun kelib "Qirollik klubi"da braziliyalik forvard bilan birga o'ynashi aytilgan.

"Neymar "Real"da o'ynaydi demaganman. U kelajakda jamoamiz futbolchisiga aylanishi mumkinligi haqida aytganman. Neymar bilan yaqinda suhbatlashdim, ammo futbol haqida gap ochganim yo'q" - deydi Marselo.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.asia