"Marsel"ga yangi bosh murabbiy tayinlandi

Sherzod Nurmatov
24 iyun 2023, 11:31
"Marsel" rasmiy saytida Marselino Toral bosh murabbiy etib tayinlanganini e'lon qildi.

Murabbiy bilan qancha muddatga shartnoma tuzilgani ochiqlanmadi.

Ispaniyalik mutaxassis "Marsel"da Igor Tudorni almashtirdi. Uning qo'l ostida jamoa o'tgan mavsumni Liga 1 da 3-o'rinda yakunlagandi.

Marselinoning so'nggi klubi "Atletik" bo'lib, u mazkur klubni 2022 yilning iyunida tark etgan. Bungacha mutaxassis "Valensiya", "Vilyarreal", "Sevilya", "Rasing" va "Saragosa" klublarini boshqargan.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: om.fr