"Marsel" Depay bilan shartnoma imzolamoqchi

Alisher
7 iyul 2022, 18:01
"Barselona" hujumchisi Memfis Depay yozgi mavsumlar oralig'ida "Marsel" o'yinchisiga aylanishi mumkin.

Fransiya klubi prezidenti Pablo Longoriya niderlandiyalik hujumchining transferini amalga oshirishi uchun barchasini qiladi.

Depay Kataloniya klubiga o'tgan mavsumning boshida kelib qo'shilgan edi, ammo asosiy tarkibga kira olmadi. Futbolchining o'zi faoliyatini "Barselona"da davom ettirishni xohlayotganiga qaramay, klub rahbariyati futbolchi bilan xayrlashishga tayyor.

Futbolchi o'tgan mavsum La Liga doirasidagi 28ta o'yinda madyonga tushib, 12ta gol va 2ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: euro-football.ru