"Marsel" "Bavariya" va "Barselona" qiziqayotgan futbolchisi bilan shartnomani uzaytirmoqchi

Sherzod Nurmatov
9 dek 2021, 20:41
Fransiya klubi xavbek Bubakar Kamarani jamoada saqlab qolish niyatida.

Jurnalist Nikolo Skiraning xabar berishicha, Fransiya klubi 22 yoshli yarim himoyachiga 2026 yilgacha mo'ljallangan kelishuv taklif qilmoqda. 

Oldinroq fransiyalik iqtidor sohibiga "Bavariya" va "Barselona" tomonidan qiziqish borligi aytilgandi.

Kamara ushbu mavsumda "Marsel" uchun 17 o'yinda 1 ta gol urdi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira