Marotta "Inter"ga MYU va "Arsenal" futbolchilari kerakligini tasdiqladi

Mirjalol Normatov
18 iyul 2021, 12:19
"Neradzurri" himoya chizig'ini kuchaytirish niyatida.

"Arsenal" va MYU himoyachilari Ektor Belerin hamda Aleks Telles "Inter" qiziqishlari doirasiga tushib qoldi. Buni klub bosh direktori Juzeppe Marotta ham tasdiqladi.

"Belerinni anchadan buyon kuzatib yuribmiz. Telles borasida ham rejalarimiz bor. Agarda imkoniyat bo'lsa, bundan foydalanamiz. Ayni damda biz asosiy futbolchilarimizni saqlab qolishni o'ylayapmiz. Hammasi aniq bo'lganidan keyingina futbolchilarni tarkibga qo'shib olish borasida harakatni boshlaymiz", - dedi mutaxassis.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal