Marotta: "Eriksen borasida yanvarda qaror chiqaramiz"

Mirjalol Normatov
23 noya 2020, 12:10
"Inter" yarim himoyachisi Kristian Eriksen yanvarda jamoani tark etishi mumkin.

Bu haqda "neradzurri" bosh direktori Beppe Marotta xabar bermoqda.

"Agarda futbolchi jamoadan ketishni istasa, uni ushlab o'tirmaymiz. Kristian o'zini professional kabi tutmoqda. Biroq u borasidagi qarorni yanvarda qabul qilamiz. Hozircha biror klub Kristian uchun taklif jo'natgani yo'q. Biz ham voqealar rivojini kuzatishda davom etamiz", - dedi Marotta.

Oldinroq "Inter" "Arsenal"ga Eriksenni taklif qilgan, biroq "kanonirlar" bunga rad javobini berganligi borasida ma'lumotlar tarqagandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal