Marokash JCH-2030 finalini Ispaniyaga bermoqchi emas

Sherzod Nurmatov
21 okt 2023, 10:52
Mamlakat 113 ming kishiga mo'ljallangan yangi stadion qurishni rejalashtiryapti.

Marokash 2030 yilgi Jahon chempionligini Ispaniya va Portugaliya bilan birgalikda qabul qiladi. Urugvay, Argentina va Paragvay esa ilk uchrashuvlarini o'z mamlakatlarida o'tkazadi.

Garchand mundial finali Marokashga taqdim etilgan bo'lsa-da, Ispaniya Futbol Federatsiyasi hal qiluvchi uchrashuvni "Santyago Bernabeu"da o'tkazilishiga ishonch bildirmoqda.

Marokash Futbol Federatsiyasi esa jahon chempionatiga mezbonlik qiluvchi 6 stadion nomini e'lon qildi. Ulardan biri Kasablankada quriladigan stadion bo'lib, sig'imi 113000 tomoshabinga mo'ljallangan.

Ushbu ulkan stadion qurilishiga Marokash hukumati va mamlakatning rivojlanish boshqaruv fondi homiylik qiladi. Jamg'arma stadion qurilishi uchun 450 mln evro byudjet ajratgan. Marokash ommaviy axborot vositalarining yozishicha, Kasablankadagi yangi stadion Afrikadagi eng katta va dunyodagi ikkinchi yirik stadion bo'ladi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Reuters