Marokash bosh murabbiyi O'zbekiston bilan o'yindan oldin nimalar dedi?

Tolibjon Qosimov
27 mar 2018, 11:49
Marokash terma jamoasi bosh murabbiyi Erve Renar O'zbekiston termasiga qarshi uchrashuvdan oldin fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Oldimda ikkita o'rtoqlik uchrashuvi bor edi, bu bahslarda men barcha futbolchilarni sinovdan o'tkazib olaman. Hozircha uchrashuvga tanlanadigan tarkib borasida aniq fikr bildira olmayman. Albatta, bugun O'zbekistonga qarshi o'yinda Serbiya bilan uchrashuvda zaxirada o'tirgan futbolchilarning xizmatidan ko'proq foydalanaman", - dedi Renar.

Suratda: Erve Renar va "Ayaks" a'zosi Hakim Ziyech.


Bugungi uchrashuvda Fransiya fuqaroligiga ega, Fransiyaning turli yoshlardagi termalarida o'ynagan "Shalke-04"ning 20 yoshli futbolchisi Amin Xarit, shuningdek, "Feyenoord" futbolchisi Yassin Ayub, Gollandiyaning "Utrext" jamoasi a'zosi Zakariya Labyad, 2018 yilgi Afrika Millatlar kubogida porlagan Ayyub El Kaabi kabi futbolchilar asosiy tarkibda maydonga tushishi mumkin. Ular 24 mart kuni Serbiyaga qarshi uchrashuvda maydonga tushmagan.

Marokash terma jamoasi JCH boshlanguniga qadar Slovakiya va Estoniya termalariga qarshi uchrashuvlar o'tkazadi.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.asia