Marko Stanoevich: "Ishonchlarni oqladik"

Iskandarov Abdulaziz
30 okt 2022, 21:46
"Nasaf" yarim himoyachisi Marko Stanoevich "Navbahor"ga qarshi kechgan O'zbekiston kubogi finalidan so'ng fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"O'yin bunday qiyin o'tishi kutilgandi. Muxlislarga o'yin yoqdi, deya olaman. Bularning barchasi ular uchundir. Qatorasiga ikkinchi yil kubokda g'olib chiqdik. Chempionlikni ham qo'lga kiritishga harakat qilamiz. Bizga ishongan, qo'llab-quvvatlagan barchaga rahmat aytaman. Ishonchlarni oqladik.

So'nggi o'yinda penaltini tepa olmaganim, mening aybim. Hammasini o'z zimmamga oldim. Futbolda hammasi bo'ladi. Chunki yetakchi sifatida penaltini o'zim amalga oshirishni istagandim. Bu - futbol. 

"Nasaf"da yoshlar va legionerlar o'rtasida munosabatlar juda zo'r. Legionermi yoki mahalliy futbolchimi, jamoa uchun o'ynaymiz. Jamoadagi birinchi yilimda kumush, ikkinchi mavsumimda bronza medallariga, uchinchisida chempionlikni qo'lga kiritishga harakat qilamiz",- deydi Marko Stanoevich

O'xshash yangiliklar


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: championat.asia