Mario Getce: "Dortmundni tark etish menga oson bo'lmadi"

Germaniya terma jamoasi yarim himoyachisi Mario Getce "Bavariya"da o'zining birinchi matbuot-anjumanini o'tkazdi.

Eslatib o'tamiz futbolchining "Bavariya"sha o'tishi avvalgi mavsum yakunida ma'lum bo'lgandi. Myunxenliklar  21 yoshli futbolchi uchun "Borussiya"ga 37 million evro to'lashlariga to'g'ri kelgandi.

"Dortmundni tark etish men uchun oson bo'lgani yo'q. Ko'pchilik bu qarorimni tushunmadi ham. Yaxshiyamki, bu gap so'zlarning barchasi ortda qoldi. Men "Bavariya"ga o'sish uchun o'tdim. Gvardiola bilan birinchi suhbatimiz chindan ham o'ziga xos bo'ldi. Biz mening salomatligim va jismoniy holatim haqida gaplashdik. Men ispaniyalik mutaxassis mashg'ulotlarni qanday o'tkazishini ko'rdim. Uning texnikaga ko'p e'tibor qaratishi meni quvontirdi", - deya futbolchi so'zlaridan Goal.com iqtibos keltiradi.  


Manba: goal.com