Mario Balotelli: “Teves menga quloq solmadi va “Yuventus"ga o'tdi”

5 iyul 2013, 12:47
“Milan” klubi hujumchisi Mario Balotellining takidlashicha, u Tevesga “rossoneri”lar tarkibiga kelib qo'shilishini maslahat bergan.

"Milan" hujumchisi Mario Balotelli "rossonerilar"ga Tevesni sotib olishni maslahat berganini aytib o'tdi.

"Umid qilamanki, "Milan" shu yozda biroz kuchayadi. Men kimni sotib olgan bo'lardim? Ibragimovichni.

Qaysi ampulua menga ko'proq yoqishini so'rayapsizmi? Men har doim, har qaysi poziciyaga moslashib ketganman. Lekin hammasidan ham ko'ra ko'proq menga markaziy hujumchi vazifasini bajarish yoqadi.

El-Shaaravi? Undan Galliani bilan uchrashuvi qanday o'tganini so'radim. U hammasi yaxshi kechgani vaa u qolishga qaror qilganini aytidi. Men, "To'g'ri qilibsan", dedim.

"Yuventus"? Men bu klubdan umuman qo'rqmayman. Hurmat qilaman. Lekin qo'rqmayman. Teves mening do'stim. Men unga "Milan"ga o'tishini maslahat bergandim.  Lekin u menga quloq solmadi va "Yuventus"ga o'tib ketdi, deydi Balotelli.

Manba: football.kulichki.net