Marin: “Agar Braziliya Jahon chempioni bo'la olmasa, ahvolimizga maymunlar yig'laydi”

Tolibjon Qosimov
10 iyun 2014, 12:59
Braziliya futbol konfederatsiyasi prezidenti Joze Mariya Marin “pentakampeon”lar chempion bo'la olmasa, ularning ahvoliga hatto maymunlar yig'lashini ta'kidlab o'tdi.
“Mundial boshlanishidan bir necha kun oldin men Luis Felipe Skolariga qil ustida turganimizni, agar turnirda g'olib bo'lsak osmonlarda, aksincha bo'lsa do'zaxda bo'lishimizni aytdim. Braziliyaliklar chempionlikdan boshqasiga rozi bo'lishmaydi. Ikkinchi o'rin ham hech narsani anglatmaydi”, - deydi Marin.


FIFA.UZ da JCH-2014 uchun orzular jamoasini tuzing

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.com