Marca: "Real" Pogba uchun ikki futbolchisini MYUga bermoqchi

Mirjalol Normatov
5 apr 2019, 20:59
"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Pol Pogba yozda jamoasini o'zgartirishi mumkin.

"Marca" xabariga ko'ra, fransiyalik futbolchi "Real"ga o'tishi kutilmoqda. MYUdagilar esa Pogbani eshitishni ham istamayapti.

"Real" esa ushbu transfer orqali MYUning manfaatlarini qondirmoqchi. "Qirollik klubi" himoyachi Rafael Varan va hujumchi Garet Beylni MYUga berishga tayyor turibdi.

Oldinroq Pogba "Real"ga o'tishni istayotgani borasida ma'lumotlar berilgandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Marca