Maradonaning yirtilgan formasi kimoshdi savdosida juda qimmatga sotildi

Khoja
26 dek 2025, 10:19
"Mundo Deportivo" nashrining xabar berishicha, argentinalik futbol afsonasi Diego Maradonaga tegishli futbol formasi "Matchday Football Auctions" savdosida 152 000 evroga sotildi.

Mayka 123 000 evroga sotildi, ammo 23% komissiya tufayli uning haqiqiy narxi 152 000 evroni tashkil etdi. Bu Maradonaning klub formalari orasida kimoshdi savdosida sotilgan eng qimmat formaga aylandi.

Maradona bu formani 1984-yilgi Copa del Rey finalida "Barselona" safida kiygan, ular o'shanda "Atletik Bilbao"ga 1:0 hisobida yutqazishgan. O'yindan keyin maydonda janjal kelib chiqqan, natijada Maradonaning formasi yirtilgan.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: Mundo Deportivo