

Argentina terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi, afsonaviy futbolchi Diego Maradona Jahon chempionatining favoritlarini sanab o'tdi. Qizig'i, u vatandoshlarini g'oliblik uchun da'vogarlar orasiga qo'shmagan.
"Fransiya terma jamoasida Pogba kabi "katta" o'yinchilar bor, lekin men ularni favorit deb hisoblamayman. Agar Riberi qaytganida ular kuchliroq bo'lgan bo'lardi. Men Germaniya va Ispaniyani Jahon chempionatining favoritlari deb hisoblayman", - dedi Maradona.




