Mansur Saidov “Navbahor”da

Narzulla Saydullayev
29 yanv 2017
Tez orada "Navbahor" safini yangi futbolchi hisobiga kengayishi haqida avval xabar berib o'tgandik.

Farg'onaning “Neftchi” klubidagi ishtiroki bilan muxlislarimizga yaxshi tanish bo'lgan yarim himoyachi Mansur Saidov tarkibga qo'shildi. Ushbu yarim himoyachi muxlislar uchun begona emas. Saidov 2014 yilgi mavsumda aynan “Navbahor” sharafini himoya qilgandi.

Futbolchi 2016 yilgi mavsumdan keyin farg'onaliklar bilan xayrlashib, Navoiyning “Qizilqum” klubi yig'inida qatnashishni boshlagandi. Saidov oilaviy sharoitga ko'ra Navoiy jamoasi tarkibida to'p surmaslikka qaror qildi. Tez orada Mansur bilan shartnoma imzolanadi va u ham “Navbahor”ning to'laqonli a'zosiga aylanadi.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pfcnavbahor.uz