Manjukich Qatar klubiga o'tmadi. Sababi...

Alisher
24 dek 2019, 14:26
"Yuventus" hujumchisi Mario Manjukich Qatarning "Al Duxayl" klubiga o'tmadi.

Transfer xorvatiyalik futbolchining maoshi tufayli bekor bo'ldi.

Qatar klubi futbolchiga 5 million evro to'lamoqchi edi, ammo 33 yoshli o'yinchini bu narx qoniqtirmadi.

Eslatib o'tamiz, Manjukich joriy mavsum "Yuventus" safida umuman maydonga tushmadi. U Turin klubining YCHL uchun topshirgan qaydnomasida ham yo'q.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Tuttomercatoweb