Mane: “Senegalning 60-70 foiz aholisi “Liverpul”dan ketishimni xohlayaptimi?”

Eldor Akmurzayev
4 iyun 2022, 09:30
Sadio Manega “Liverpul”dagi kelajagi haqida savol berishdi.

“Senagalning 60-70 foiz aholisi “Liverpul”dan ketishimni xohlayaptimi? Ularning istagini amalga oshiraman! Tez orada ko'rasiz”, deydi Mane.

30 yoshli forvard yakunlangan mavsum “qizillar” libosida 51 bahsda qatnashib, 23+5 natijaga erishdi. Avvalroq, hujumchi “Bavariya” bilan 3 yillik shartnoma borasida kelishib qo'ygani xabar qilingandi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano