Mane "Liverpul"da qolmoqchi

Mirjalol Normatov
28 mar 2021, 16:51
"Liverpul" hujumchisi Sadio Mane jamoasini o'zgartirmoqchi emas.

"Bu yerda baxtliman. Menga "Liverpul"da bo'lish juda yoqadi. Kurashib, ishtiyoqni saqlab qolish kerak. Jangchilar hech qachon bahona topmaydi. Yaxshi qarorlarni topishga harakat qilamiz. Jamoadagilar bir kuchda harakat qilsa, jamoaga foyda ko'proq tegadi", - dedi Mane.

28 yoshli futbolchining "Liverpul" bilan kelishuvi 2023 yilga qadar davom etadi. Ushbu mavsumda Mane 26 o'yinda 7 gol va 4 assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal