Mane: "Kloppning yuragi katta"

Mirjalol Normatov
22 iyun 2022, 22:15
"Liverpul"dan "Bavariya"ga o'tgan senegallik futbolchi Sadio Mane sobiq ustozi Yurgen Klopp haqida gapirdi.

- Yurgen bilan ishlash Sizga yoqdimi? U Sizning inson va futbolchi sifatida o'sishingizga yordam berdimi?

- Ha, albatta. "Liverpul"ga kelgan ilk kunimdanoq u bilan munosabatlarimiz ajoyib bo'lgan. Yurgen ajoyib murabbiy. Uning yuragi katta.

Uning yordami meni yuqori darajadagi futbolchiga aylantirdi. Klopp har bir personalga, futbolchiga, murabbiyga o'zining yordamini ayamaydi. Aynan u sababli doimo chin yurakdan mehnat qilganman, - dedi Mane.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal