Manchini Nastasichni "Galatasaroy"ga olib kelmoqchi

Narzulla Saydullayev
12 fev 2014, 20:41
"Man Siti" himoyachisi Matiya Nastasich faoliyatini Turkiya super ligasi vakili "Galatasaroy"da davom ettirishi mumkin, deya xabar bermoqda talkSPORT.
Ma'lum bo'lishicha, istanbulliklar ustozi Roberto Manchini sobiq shogirdini yana o'z qo'l ostida o'ynashini xohlamoqda. Boisi Nastasich so'nggi vaqtlarda "MS"da o'yin amaliyotiga ko'p ham ega bo'layotgani yo'q. Serbiyalik futbolchi ko'pincha jamoasining boshlang'ich tarkibidan tushib qolmoqda. Shuni inobatga olgan "Galatasaroy" 20 yoshli serb himoyachisiga ko'proq maydonda harakat qilish imkonini bermoqchi. Ammo istanbulliklar Nastasichga hali aniq taklif bilan chiqqanlaricha yo'q.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: goal.com