Manchini Italiya bilan jahon va Yevropa chempionatlarini yutmoqchi

Alisher
22 iyun 2019, 17:10
Italiya terma jamoasi bosh murabbiyi Roberto Manchini milliy jamoa maqsadlaridan qaytmasligi kerak deb hisoblaydi.

53 yoshli italiyalik mutaxassis terma jamoa jahon va Yevropa chempionatini yutishiga ishonadi.

- Italiya terma jamoasi maqsadlaridan qaytmasligi kerak. Men jahon va Yevropa chempionatlarini yutishni xohlayman. Italiya Evroni 1968 yildan beri yutmagan, shunday ekan buni qilish uchun sabablar va asoslar etarli. Hozirgi asosiy maqsadimiz - FIFA reytingidagi o'rnimizni yaxshilash. Yana bir yil bor. Agar terma jamoa uchun yaxshi va yosh o'yinchi chiqsa, biz albatta uni jamoaga jalb qilamiz, - deydi Manchini.

Manchini bundan oldin "Lacio", "Fiorentina", "Inter", "Manchester Siti", "Galatasaroy" va "Zenit" klublarida ishlagan. Mutaxassis o'tgan yildan boshlab Italiya terma jamoasiga ustozlik qilib kelmoqda.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Gazzetta dello Sport