"Manchester Yunayted"ning yangi sardori tayinlandi

Оқил Абдубарноев
20 iyul 2023, 21:45
Portugaliyalik yarim himoyachi Brunu Fernandesh "Manchester Yunayted"ning yangi sardori etib tayinlandi. Bu haqda “qizil iblislar” rasmiy sayti orqali xabar berdi.

Futbolchi klubda bir necha marta sardorlik bog'ichi bilan maydonga tushgan, endilikda esa Erik ten Xag Fernandeshning doimiy ravishda jamoa yetakchisi bo'lishini tasdiqladi. 

U yaqinda sardorlikdan rasman mahrum qilingan va yozgi transferlar vaqtida jamoani tark etishi haqida mish-mishlar tarqalayotgan himoyachi Harri Maguayrdan bog'ichni qabul qiladi.

Yarim himoyachi 2020 yildan beri klub safida 185 ta o'yinda maydonga tushib, 64 ta gol urdi va 54 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: manutd.com