"Manchester Yunayted"ning ikki himoyachisi safga qaytdi

Sherzod Nurmatov
24 yanv 2024, 20:35
Mankunianlarda kadrlar bilan bog'liq holat yaxshilanmoqda.

MYU himoyachilari Harri Maguayr va Lyuk Shou jamoaviy mashg'ulotlarga kirishishdi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar berdi.

Har ikki futbolchi 1 oyga yaqin maydonga tusha olmadi. Ular jamoa bilan Angliya Kubogi doirasidagi "Nyuport"ga qarshi o'yinga tayyorgarlik ko'rmoqda, biroq ular unda ishtirok eta oladimi yoki yo'q, hozircha ma'lum emas.

"Nyuport Kaunti" – "Manchester Yunayted" uchrashuvi 28 yanvar kuni bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: manutd.com