“Manchester Yunayted”ni boshqarish uchun kutilmagan nomzod paydo bo'ldi. U mavsum oxirigacha ishlashi kutilmoqda

Eldor Akmurzayev
22 noya 2021, 08:05
“Qizil iblislar” Ole-Gunnar Sulsherni iste'foga chiqarganidan keyin, jamoani vaqtincha Maykl Kerrik boshqarishi ma'lum bo'ldi.

The Times xabariga ko'ra, “Al Rayan” ustozi Loran Blan manchesterliklar murabbiyi bo'lishga asosiy nomzod hisoblanadi. U jamoani mavsum oxirigacha boshqaradi. Keyin esa rahbariyat yozda yangi variantlarni o'rganib chiqadi.

56 yoshli mutaxassis “Bordo” va PSJda ishlagan, shuningdek, Fransiya TJni ham boshqargan edi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: The Times