"Manchester Yunayted" yangi mavsum uchun futbolchilarning raqamlarini e'lon qildi

Tolibjon Qosimov
10 avg 2018, 21:36
"Manchester Yunayted" klubi 2018-2019 yilgi mavsumda kim qaysi raqamda o'ynashini ma'lum qildi.

Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

Oldinroq, Markus Reshford 10-raqamni olgani haqida xabar bergan edik. Jamoaning yangi a'zolari Diogu Dalot 20, Li Grant 13, Fred 17-raqamda to'p tepadi. Markos Roxo esa 5dan voz kechdi va oldin Maykl Kerrikka tegishli bo'lgan 16-raqamni oldi.

Shuningdek, AQSHdagi turneda jamoa bilan birga ishtirok etgan o'rinbosarlar jamoasi a'zolaridan 4 nafari ham asosiy jamoada o'z raqamlariga ega bo'lishdi. Bular: Taxit Chong - 44, Joshua Boui - 46, Anxel Gomes - 47, Itan Xemilton - 48.

MYU o'yinchilarining 2018-2019 yilgi mavsum uchun raqamlari

1 - David De Xea
2 - Viktor Lindelef
3 - Erik Bayi
4 - Fil Jons
6 - Pol Pogba
7 - Aleksis Sanches
8 - Xuan Mata
9 - Romelu Lukaku
10 - Markus Reshford
11 - Antoni Marsyal
12 - Kris Smolling
13 - Li Grant
14 - Jessi Lingard
15 - Andreas Pereyra
16 - Markos Roxo
17 - Fred
18 - Eshli Yang
20 - Diogu Dalot
21 - Ander Errera
22 - Serxio Romero
23 - Lyuk Shou
24 - Timati Fosu-Mensa
25 - Antonio Valensiya
27 - Maruan Fellayni
31 - Nemanya Matich
36 - Matteo Darmian
38 - Aksel Tuanzebe
39 - Skott MakTominey
40 - Joel Pereyra
44 - Taxit Chong
45 - Kiran O’Xara
46 - Joshua Boui
47 - Anjel Gomes
48 - Itan Xemilton
51 - Matey Kovarj.

P.S. Timati Fosu-Mensa "Fulxem"ga, Joel Pereyra esa "Setubal"ga ijaraga berildi.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: manutd.com