"Manchester Yunayted" ten Xag bilan yangi shartnoma imzolashi kutilmoqda

Administrator
13 iyun 2024, 00:04
Kelishuv amalga oshsa, murabbiy 2027 yilgacha klubda qoladi.

Angliyaning "Manchester Yunayted" klubi bosh murabbiy Erik ten Xag bilan yangi shartnoma imzolashi mumkin. Klub murabbiy bilan bu bo'yicha dastlabki muzokaralar o'tkazgan. Xabar qilinishicha, yangi bitim 2027 yilning yoziga qadar davom etadi. Ten Xagning amaldagi shartnomasi 2025 yilga qadar mo'ljallangandi.

Manbaning xabar berishicha, ten Xag MYU boshqa murabbiylar bilan muzokara o'tkazganidan norozi bo'lgan. Lekin klub tomonidan bildirilgan shubhani to'g'ri qabul qilgan. 

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: The Athletic