"Manchester Yunayted" Telles uchun kurashga qo'shildi

Alisher
5 avg 2020, 15:59
"Manchester Yunayted" mavsumlar oralig'ida himoyachi chizig'ini kuchaytirmoqchi.

Portugaliya OAVning xabariga ko'ra, klub Aleks Tellesni o'z safiga qo'shib olmoqchi. "Portu" himoyachisi anchadan buyon ko'plab top-klublarning e'tiboriga tushgan.

Transfer narxi 40 million funtni tashkil etishi mumkin. 27 yoshli himoyachi Lyuk Shou bilan raqobatga kirishadi.

Ayni damda Shouning o'rnida o'ynaydigan yagona futbolchi Brendon Uilyams hisoblanadi. Yana bir himoyachi Diogu Dalotning jamoadan ketishi kutilmoqda.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: abola.pt