"Manchester Yunayted" Sulsherga ultimatum qo'ydi

Alisher
3 dek 2019, 15:43
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ole Gunnar Sulsher klubdan ketishga yaqin.

Norvegiyalik mutaxassisning taqdirini "Tottenxem" va "Manchester Siti"ga qarshi bo'ladigan o'yinlar hal qiladi.

46 yoshli mutaxassis o'z futbolchilariga agar bo'lajak ikkita o'yinda mag'lubiyatga uchrasa, ketishini ma'lum qildi.

"Qizil iblislar" ertaga o'z maydonida "Tottenxem"ni qabul qilsa, 7 dekabr kuni "Manchester Siti" maydoniga safar qiladi.

Eslatib o'tamiz, MYU APLdagi 14 turdan so'ng jadvalda 9-o'rinda bormoqda.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: The Sun