“Manchester Yunayted” Sulsher kelgandan beri nechta penalti tepganini bilasizmi?

31 okt 2019, 08:35
“Manchester Yunayted” Angliya Liga Kubogi doirasida “Chelsi”ni safarda 2:1 hisobida mag'lub etdi.

Uchrashuvda Markus Reshford penaltidan gol urishga erishdi. Bu esa Ole-Gunnar Sulsher “qizil iblislar”ga murabbiy etib tayinlangandan beri (2018 yil, 22 dekabr) tepilgan 17-penalti bo'ldi. MYU shuncha penaltidan 12 tasidan unumli foydalangan. Bu davr ichida APLning birorta klubi penaltidan bunchalik ko'p unumli foydalana olmagan.

O'xshash yangiliklar


Manba: Opta