“Manchester Yunayted” Runini AQSH yoki Xitoyga qo'yib yuborishga tayyor

Aslanov Jasurbek
13 okt 2016, 14:47
Angliyaning “Manchester Yunayted” klubi jamoa hujumchisi Ueyn Runini qo'yib yuborishga rozi bo'ldi.

“Qizil iblislar” raxbariyati hujumchining transferi borasida kelayotgan takliflarni ko'rib chiqishga tayyor. Runiga AQSH va Xitoyning bir nechta klublaridan  so'rovnomalar bor. “Mankunianliklar” futbolchining faoliyati tugashiga oz vaqt qolgan, Ueyn endi avvalgi darajasiga qayta olmaydi deb hisoblamoqda. Raxbariyat futbolchining maoshini kamaytirishni rejalashtirmoqda. Ueyn Runi “qizil iblislar”ning asosiy tarkibida Runi yosh futbolchilarga raqobatda mag'lub bo'lishi aniq. Ayni damda Runi “MYU” safida haftasiga 330 ming evro ishlab topmoqda.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com