"Manchester Yunayted" "Real" futbolchisini sotib olmoqchi emas

Mirjalol Normatov
9 iyun 2019, 17:24
"Manchester Yunayted" "Real" vingeri Garet Beylni ijaraga olishi mumkin.

"Daily Mirror" nashri xabariga ko'ra, mankunianliklar Garetni "Real" so'rayotgan 85 million evroni to'lay olmaydi. Shu boisdan ular uelslikni "1+1" ko'rinishidagi shartnomaga asosan ijaraga olmoqchi.

2018/19 yilgi mavsumda Beyl "Real" tarkibida 42 o'yinda qatnashib, 14 gol urdi va 6 golga assistentlik qildi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Daily Mirror