Manchester Yunayted qishda A Seriyaning ikki nafar futbolchisi bilan shartnoma tuzmoqchi

Khoja
21 dek 2024, 09:10
Qishki transfer oynasida MYU tarkibni kuchaytirishni maqsad qilgan.

 Qizil iblislar Milan himoyachisi Teo Ernandes va Atalanta yarim himoyachisi Edersonni sotib olishni reja qilmoqda. Milan o'z futbolchisini 50 million evroga sotishga tayyor bo'lsa, Atalanta 25 yoshli futbolchisi uchun 60 million evro so'ramoqda.

Eslatib o'tamiz, Manchester Yunayted APLning ortda qolgan 16 ta turidan so'ng 22 ochko bilan turnir jadvalining 13-pog'onasida ketmoqda.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: championat.com