"Manchester Yunayted" "Portu" xavbeki uchun "Atletiko" bilan kurashadi

Alisher Ostonov
16 noya 2025, 11:28
"Manchester Yunayted" 19 yoshli daniyalik yarim himoyachi Viktor Froxoldt bilan shartnoma imzolash haqida o'ylamoqda.

Manbalarga ko'ra, mankunianliklardan tashqari, futbolchiga Madridning "Atletiko" klubi ham qiziqish bildirmoqda. Hozirda Froxoldt "Portu" sharafini himoya qilmoqda. Insayderning so'zlariga ko'ra, uning shartnomasida 85 mln evroga sotib olish imkoniyati mavjud. Bitim 2030 yilgacha amal qiladi.

Froxoldt bu yil "Portu"ga "Kopengagen"dan ko'chib o'tdi. Yarim himoyachi "Portu" safida barcha musobaqalarda 16 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 3 ta golga hammualliflik qildi.

O'xshash yangiliklar


Alisher OstonovMuallif
Manba: Fichajes