

Manchester Yunayted – Nyukasl 0:0
16 oktyabr, 18.00, "Old Trafford"
Manchester Yunayted – De Xea, Diogu Dalot, Varan, Martines, Shou, Kazemiro, Fred, Brunu Fernandesh, Ronaldu, Sancho, Antoni.
Nyukasl – Poup, Tripper, Sher, Botman, Bern, Bruno Gimaraes, Longstaff, Almiron, Merfi, Uilson, Joelinton.
UCHRASHUV YAKUNLANDI!
Reshfordning zarbasiga ozgina aniqlik yetishmadi
Hakam ikkinchi bo'limga besh daqiqa qo'shib berdi
88. Fred ajoyib imkoniyatdan foydalana olmadi
80. Almironning zarbasiga aniqlik yetishmadi
79. O'zgarish: Targett, Uillok, Vud maydonga tushdi. Ular Bruno Gimaraes, Uilson va Bern maydoni tark etdi
72. O'zgartirish: Ronalduning o'rniga Reshford maydonga tushdi

69. Ogohlantirish: Kazemiro hakam tomonidan ogohlantirildi
61. Antoning zarbasini darvozabon ushlab oldi
58, Hakam VARni ko'rdi va mehmonlar darvozasiga penalti belgilashni istamadi
49. Ogohlantirish. Ronaldu ogohlantirildi

48. Gol. Ronaldu hisobni ochdi, biroq yon hakam bayroqchasini ko'tarmoqda
47. Kallum Uilsonning zarbasiga ozgina aniqlik yetishmadi
Ikkinchi bo'lim boshlandi
Birinchi bo'lim yakunlandi
Hakam birinchi bo'limga uch daqiqa qo'shib berdi
43. Ogohlantirish: Den Bern hakam tomonidan ogohlantirildi
38. Antonidan ajoyib zarba va Poupdan seyv
27. Ronaldu gol urishi mumkin edi, biroq hakam ofsayd qayd etmoqda

24. QANDAY QILIB?? Joelintonning besh soniya bergan ikkita zarbasi ustunga tegmoqda. Omad kelmasa qiyin ekan
18. Antonining yo'llagan zarbasi ancha noaniq ketmoqda
16. Merfining zarbasini De Xea ushlab oldi

15. Mehmonlar burchakdan to'pni o'yinga kiritshdi. Gimaraynshning zarbasini darvozabon ushlab oldi
13. Sanchoning uzoqdan yo'llagan kuchli zarbasiga ozgina aniqlik yetishmadi
11. Uchrashuvning o'n daqiqasi o'tdi, lekin jamoalar hujum qilishni istashmayapti
6. Ronaldu qanotdan kirib bordi va uzatmani amalga oshirdi, biroq to'p himoyachiga tegdi va burchakka chiqib ketdi
Uchrashuv boshlandi!



