"Manchester Yunayted" "Nicca" orqali Runini qo'lga kiritmoqchi

Omonjon To`xtamirzayev
14 noya 2023, 18:30
Britaniyalik ishbilarmon Jim Retkliff yaqin kunlarda "Manchester Yunayted"ning akciyalarining bir qismini sotib olishi va klub direktoriga aylanishi kutilmoqda.

Shuningdek, u kelajakda MYUni kuchaytirishi mumkin bo'lgan transferni ham ko'zlab qo'ygan.

Retkliff o'zi egalik qiluvchi "Nicca" tarkibiga 17 yoshli shvetsiyalik vunderkind Runi Barjini qo'shib olishni istamoqda. O'tgan hafta futbolchi YCHL doirasida "Yunayted" darvozasiga hal qiluvchi golni urib, "Kopengagen"ga g'alaba keltirgandi.

Jim Retkliffning fikriga ko'ra, Liga 1dagi tajriba yosh Barji uchun Angliya chempionatiga yaxshi tayyorgarlik vazifasini o'tab beradi.

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: tribalfootball.com