Manchester Yunayted Neymarni xarid qilishi mumkin

Alisher
25 apr 2023, 07:29
Manchester Yunayted PSJ hujumchisi Neymarga qiziqish bildirmoqda.

Footmerkato xabariga ko'ra, ingliz klubi hozircha aniq taklif bilan chiqishga tayyor emas, biroq bir necha oydan beri PSJ xayrlashmoqchi bo'lgan braziliyalik futbolchining atrofidagi vaziyatni kuzatib kelmoqda.

Joriy mavsumda Neymar parijliklar safida barcha turnirlar doirasida 29 ta o'yinda maydonga tushib, 18 ta gol urdi va 17 ta golli uzatmani amalga oshirdi. 31 yoshli hujumchining klub bilan shartnomasi 2025 yilgacha mo'ljallangan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: championat.com