“Manchester Yunayted” Levandovski bilan qiziqmoqda

Aslanov Jasurbek
20 iyun 2017, 22:31
“Bavariya” hujumchisi Robert Levandovskiyga “Manchester Yunayted” qiziqish bildirmoqda.

Yakunga etgan mavsum arafasida “MYU” ustozi Joze Mourinyo klub vice-prezidenti Ed Vudvordga jamoa safiga qo'shib olmoqchi bo'lgan 25 nafar futbolchidan iborat ruyxatni taqdim etgandi.

28 yoshli polshalik futbolchi bilan birga Romelu Lukaku, Alvaro Morata, Antuan Grizmann va Andrea Belotti singari futbolchilar Zlatan Ibragimovichning o'rnini bosishi lozim bo'ladi.

Levandovskini Manchesterga ko'chib o'tishi ehtimoli yuqori. Angliyaliklar polshalik futbolchi va uning ayni paytdagi klubi murabbiyi o'rtasidagi ziddiyatdan ham unumli foydalanmoqchi. Robertning norozi bo'lishiga sabab sifatida“Bavariya” va Karlo Anchelotti uni Bundesliganing to'purari bo'lishiga yordam bermaganligi ko'rsatilmoqda.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: The Independent