"Manchester Yunayted" Koutino bilan muzokaralar olib bormoqda

Mirjalol Normatov
12 yanv 2019, 16:40
"Manchester Yunayted" "Barselona" yarim himoyachisi Filippe Koutino borasida muzokaralar olib bormoqda.

"The Mirror" xabariga ko'ra, "qizil iblislar" 26 yoshli futbolchining transferi uchun  140 million evro to'lashga tayyor. Futbolchi bu mavsumda jamoaning asosiy tarkib futbolchisiga aylana olmayapti.

Oldinroq "Barselona" Neymarni sotib olgan taqdirda Koutinoni sotib yuborishga tayyorligi borasida ma'lumotlar berilgandi.

Uning kataloniyaliklar bilan shartnomasi 2023 yilga qadar mo'ljallangan.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: The Mirror