

"Leyptsig" yarim himoyachisi Dani Olmo "Manchester Yunayted" nishoniga aylandi. Bu haqda nemis matbuoti yozmoqda.
Olmo "Leyptsig"ni tark etib, top-klubga o'tishga qarshi emas. Ispaniya terma jamoasi yarim himoyachisiga "Manchester Yunayted"dan tashqari "Real" ham da'vogarlik qilmoqda.
Olmoning "Leyptsig" bilan shartnomasi 2024 yilning yoziga qadar amal qiladi. Transfermarkt portali futbolchini 40 million evroga baholamoqda.



