"Manchester Yunayted" futbolchisi "Galatasaroy" bilan kelishib oldi

Mirjalol Normatov
29 iyul 2023, 01:12
"Galatasaroy" Fredni tarkibiga qo'shib olishga yaqin turibdi.

"Sky Sports" xabariga ko'ra, mankunianliklar yarim himoyachisi "Galatasaroy" bilan shartnoma imzolashga rozi bo'lgan. Biroq turk klubi MYU bilan transfer summasini kelisha olmayapti.

Gap shundaki, Freddan tushgan pul orqali "Yunayted" Sofyan Amrabatni "Fiorentina"dan sotib olishni istamoqda.

Fred 2018 yilda mankunianliklar tarkibiga borib qo'shilgandi. O'tgan mavsum 35 o'yinda 2tadan gol va assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Sky Sports