"Manchester Yunayted" Dembeleni sotib olmoqchi

Mirjalol Normatov
5 may 2019, 14:43
"Manchester Yunayted" "Lion" hujumchisi Mussa Dembelening xizmatlariga qiziqish bildirmoqda.

"L'Equipe" xabariga ko'ra, Angliya klubi futbolchini yozgi transferlar oynasi vaqtida sotib olishni istamoqda. Uning transfer narxi 50 million evroga teng.

Bu mavsumda 22 yoshli Dembele "lion" tarkibida 48 o'yinda qatnashib, 21 gol urdi va 6 golga assistentik qildi. Uning jamoasi bilan shartnomasi 2023 yilga qadar davom etadi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: L'Equipe